» » APL. “Liverpul” “Arsenal”ni mag‘lub etdi, Salohdan dubl (video)

APL. “Liverpul” “Arsenal”ni mag‘lub etdi, Salohdan dubl (video)


24-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Chempionatining 3-turining markaziy o‘yinida Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” klubi “Enfild”da Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal”ini qabul qildi.

Bellashuv davomida Mersisayd klubi vakillari Joel Matip (41) hamda Muhammad Saloh (49 — penalti, 58) tomonidan urilgan gollarga “to‘pchilar” yarim himoyachi Lukas Torreyraning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Liverpul” o‘z maydonida “Arsenal” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:1).

Mazkur bahsdan so‘ng Klopp jamoasi ochkolari sonini 9 taga yetkazib, musobaqada yetakchilik qilmoqda. “Arsenal” esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni band qilib turibdi.

APL

3-tur bahsi

24-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 41 Matip, 2:0 — 49, penalti, Saloh, 3:0 — 58 Saloh, 3:1 — 85 Torreyra

“Liverpul”: Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Veynaldum (Milner, 69), Fabinyo, Henderson, Mane (Oksleyd-Chemberlen, 77), Firmino (Lallana, 86), Saloh

“Arsenal”: Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Gunduzi (Mxitaryan, 86), Jaka, Sebalyos (Torreyra, 61), Uillok (Lyakazett, 81), Pepe, Obameyang

Ogohlantirishlar: David Luiz (48), Fabinyo (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют