» » “Manchester Siti” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)

“Manchester Siti” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)


4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Superkubogi doirasida Yevropa Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi o‘tgan mavsum oltin dublga erishgan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 12-daqiqasida “shaharliklar” yarim himoyachisi Rahim Sterling hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib “qizillar” himoyachisi Joel Matip Virjil van Deyk uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi (1:1).

Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi.

Penaltilar seriyasida esa “Manchester Siti” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Angliya Superkubogi

4-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 — 12 Sterling, 1:1 — 77 Matip

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold (Matip, 67), Fabinyo (Keyta, 67), Henderson (Lallana, 79), Veynaldum, Firmino (Shakiri, 79), Saloh, Origi (Oksleyd-Chemberlen, 79)

“Manchester Siti”: Bravo, Otamendi, Uoker, Stounz, Zinchenko, Bernardu Silva, Silva (Gundo‘g‘on, 61), Sterling, de Bryuyne (Foden, 89), Sane (Gabriel Jezus, 13), Rodri Ernandes

Ogohlantirishlar: de Bryuyne (33)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют