» » “Liverpul” va “Manchester Siti” 4-avgust kuni Angliya Superkubogi uchun kurash olib boradi

“Liverpul” va “Manchester Siti” 4-avgust kuni Angliya Superkubogi uchun kurash olib boradi


Angliya hamda Portugaliya davlatlarida 4-avgust, yakshanba kuni  futbol bo‘yicha Superkubok o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi o‘tgan mavsum oltin dublga erishgan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” tarixda 15 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Manchester Siti” hisobida esa 5 ta sovrin mavjud. Qayd etish joiz, “shaharliklar” o‘tgan yili ham mazkur sovringa ega chiqqandi.

Shu kuni Lissabonning ikki klubi “Benfika” hamda “Sporting” o‘zaro to‘qnash keladi. Bahsga soat 00:45 da start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Benfika” va “Sporting” klublari bunga qadar 306 ta uchrashuvda o‘zaro bellashgan. Mazkur qarama-qarshilikda ustunlik “Benfika” tarafda. “Burgutlar” 132 marotaba g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 109 ta o‘yinda yutqazgan. 65 ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekkan.

Superkubok

4-avgust, yakshanba

Angliya

Portugaliya

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют