» » APL. “Tottenhem” javobsiz 4 ta gol urib, g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

APL. “Tottenhem” javobsiz 4 ta gol urib, g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)


13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 34-turida Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” jamoasi “Haddersfild”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida “shporlar” yarim himoyachisi Viktor Vanyama hisobni ochgan bo‘lsa, 27, 87 va 90-daqiqalarda braziliyalik Lukas Moura gollar urib, hisobni yiriklashtirdi (4:0).

Shu tariqa London klubi o‘z uyida “Haddersfild” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, g‘alaba qozondi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Natijada “Tottenhem” 67 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

34-tur bahsi

13-aprel, shanba

Gollar: 1:0 — 24 Vanyama, 2:0 — 27 Lukas, 3:0 — 87 Lukas, 4:0 — 90 Lukas

“Tottenhem”: Lyoris, Uoker-Piters, Vertongen (Rouz, 85), Sanches, Devis, Sissoko (Skipp, 74), Eriksen, Lukas Moura, Vanyama, Foyt, Lyorente (Son Hyon Min, 87)

“Haddersfild”: Xeymer, Gorens-Stankovich (Muy, 82), Xaderjonay, Kongolo, Leve, Kachunga, Xogg, Shindler, Bakuna (Uilyams, 90), Durm (Munye, 69), Grant

Ogohlantirishlar: Leve (45), Foyt (60), Bakuna (66), Vertongen (76).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют