» » APL. Harri Keynning goli “Tottenhem”ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi

APL. Harri Keynning goli “Tottenhem”ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi


23-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 27-turi doirasida bitta uchrashuv yakunlandi.

Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” klubi mehmonda “Byornli”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 57-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Kris Vud hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqaga kelib Harri Keyn hisobni tenglashtirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 83-daqiqada kiritildi. Unga Eshli Barns mualliflik qildi.

Shu tariqa London klubi “Byornli”ga safarda kichik hisobda imkoniyatni boy berdi va 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

APL

27-tur bahsi

23-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 57 Vud, 1:1 — 65 Keyn, 2:1 — 84 Barns

“Byornli”: Hiton, Bardsli, Tarkovski, Ben Mi, Teylor, Hendrik (Bredi, 80), Vestvud, Kork, Maknil (Gudmundsson, 80), Barns, Vud

“Tottenhem”: Lyoris, Foyt (Lamela, 76), Alderveyreld, Vertongen, Orye, Sissoko, Vinks (Lyorente, 62), Rouz, Eriksen, Keyn, Son (Lukas, 88).

“Ogohlantirishlar”: Lyorente (65), Foyt (69), Bardsli (72), Lamela (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют