» » APL. “Chelsi” o‘z maydonida “Sheffild Yunayted”ni mag‘lub eta olmadi, “Man Siti”da esa yirik g‘alaba (video)

APL. “Chelsi” o‘z maydonida “Sheffild Yunayted”ni mag‘lub eta olmadi, “Man Siti”da esa yirik g‘alaba (video)


31-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 4-turi doirasida navbatdagi 6 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da “Sheffild Yunayted”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 19 va 43-daqiqalarida “aristokratlar” hujumchisi Temmi Abraham dublga erishgan bo‘lsa, 46-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Kallum Robinson oradagi farqni qisqartirdi (2:1). O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 1 daqiqa qolganda London klubining fransiyalik himoyachisi Kurt Zuma avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Chelsi” o‘z uyida “Sheffild Yunayted” bilan durang o‘ynadi (2:2) va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “ko‘klar” ochkolari sonini 5 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 15-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Shu kuni Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brayton”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “mankunianlar” a’zolari Kevin de Bryuyne (2), Serxio Aguero (42, 55) hamda Bernardu Silva (79) tomonidan kiritilgan gollar “shaharliklar”ning “Brayton” ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (4:0).

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 10 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

APL

4-tur bahslari

31-avgust, shanba

Gollar:  1:0 — 19 Abraham, 2:0 — 43 Abraham, 2:1 — 46 Robinson, 2:2 — 89, avtogol, Zuma

Gol: 1:0 — 73 Jordan Ayyu

Gollar: 1:0 — 12 Vardi, 1:1 — 15 Uilson, 2:1 — 41 Tilemans, 3:1 — 73 Vardi

Gollar: 1:0 — 2 de Bryuyne, 2:0 — 42 Aguero, 3:0 — 55 Aguero, 4:0 — 79 Bernardu Silva

Gollar: 0:1 — 2 Hyuz, 1:1 — 41 Sher

Gollar: 1:0 — 24 Aller, 2:0 — 56 Yarmolenko

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют