» » APL. “Chelsi” va “Manchester Siti” g‘alaba qozondi, “Tottenhem” esa o‘z maydonida so‘nggi o‘rindagi jamoani yuta olmadi (video)

APL. “Chelsi” va “Manchester Siti” g‘alaba qozondi, “Tottenhem” esa o‘z maydonida so‘nggi o‘rindagi jamoani yuta olmadi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 9-tur bahslari doirasida 19-oktabr, shanba kuni 8 ta o‘yin yakunlandi.

Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da “Nyukasl”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 73-daqiqada urildi. Unga “aristokratlar” himoyachisi Markos Alonso mualliflik qildi.

Shu tariqa “Chelsi” “Nyukasl”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi”ning ochkosi 17 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.  “Nyukasl” esa 8 ochko to‘plab, 18-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Maurisio Pochettino boshqaruvidagi Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” o‘z maydonida “Uotford” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 6-daqiqasidayoq mehmon jamoa yarim himoyachisi Abdulay Dukure hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqaga kelib “shporlar” a’zosi Dele Alli hisobni tenglashtirdi.

Bahs yakuniga ko‘ra “Tottenhem” o‘z uyida “Uotford” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni band qilib turibdi. So‘nggi o‘rinda borayotgan “Uotford” esa 4 ochko yig‘gan.

Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” esa safarda “Kristal Pelas”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “shaharliklar” vakillari Gabriel Jezus (39) hamda David Silva (41) raqib darvozasiga bittadan to‘p kiritdi.

Shu tariqa “mankunianlar” mehmonda kechgan bahsda “Kristal Pelas” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Siti” ochkolari sonini 19 taga yetkazib oldi. “Kristal Pelas” esa 14 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

APL

9-tur bahslari

19-oktabr, shanba

Gollar: 1:0 — 17 Bernard, 2:0 — 90 Sigurdsson

Gollar: 0:1 — 21 Uebster, 1:1 — 45 Grilish, 2:1 — 90 Targett

Gol: 1:0 — 73 Alonso

Gollar: 0:1 — 26 Vud, 1:1 — 45 Vardi, 2:1 — 74 Tilemans

Gollar: 0:1 — 6 Dukure, 1:1 — 86 Alli

Gollar: 0:1 — 53 Ingz, 1:1 — 61 penalti Ximenes

Gollar: 0:1 — 39 Gabriel Jezus, 0:2 — 41 Silva

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют