» » APL. “Chelsi” yirik hisobda yutdi, “Arsenal”da ham g‘alaba, “Man Siti” esa o‘z uyida yutqazdi (video)

APL. “Chelsi” yirik hisobda yutdi, “Arsenal”da ham g‘alaba, “Man Siti” esa o‘z uyida yutqazdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 8-turi doirasida 6-oktabr, yakshanba kuni 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts”da “Bornmut”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 9-daqiqada urildi. Unga “to‘pchilar” himoyachisi David Luiz mualliflik qildi.

Shu tariqa “Arsenal” o‘z uyida David Luizning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Arsenal” ochkolari sonini 12 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bornmut” esa 11 ochko to‘plab, 10-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverhempton” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvda “bo‘rilar” yarim himoyachisi Adama Traore dublga erishdi.

Natijada “shaharliklar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Vulverhempton”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “mankunianlar” 16 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Vulverhempton” esa 10 ochko bilan 11-o‘ringa yuqoriladi.

Frenk Lempard boshchiligidagi Londonning “Chelsi” klubi esa safarda “Sauthempton”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “aristokratlar” vakillari Temmi Abraham (17), Meyson Maunt (24), Ngolo Kante (40) hamda Mishi Batshuayi (89) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mezbonlardan Denni Ingz (30) bitta golga mualliflik qildi.

Shu tariqa o‘yin 4:1 hisobida londonliklar foydasiga yakunlandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Chelsi”ning ochkosi ochkosi 14 taga yetdi va jamoa 5-o‘rinni egallab turibdi. 16-o‘rinda borayotgan “Sauthempton” hisobida esa 7 ochko mavjud.

APL

8-tur bahslari

6-oktabr, yakshanba

Gol: 1:0 — 9 David Luiz

Gollar: 0:1 — 80 Traore, 0:2 — 0:2 — 90 Traore

Gollar:  0:1 — 17 Abraham, 0:2 — 24 Maunt, 1:2 — 30 Ingz, 1:3 — 40 Kante, 1:4 — 89 Batshuayi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют