» » APL. Manchester Siti ketma-ket 2-marta chempionlikni tantana qildi, Liverpul esa 97 ochko bilan mavsumni 2-orinda yakunladi

APL. Manchester Siti ketma-ket 2-marta chempionlikni tantana qildi, Liverpul esa 97 ochko bilan mavsumni 2-orinda yakunladi


12-may, yakshanba kuni futbol boyicha Angliya Premyer ligasining songgi 38-tur bahslari yakuniga yetdi.

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi Manchester Siti klubi safarda Braytonni sinovdan otkazdi.

Uchrashuv davomida mehmonda jamoa hujumchisi Glenn Mayyer urgan golga shaharliklar jamoa azolari Serxio Aguero (28), Aymerik Lyaport (38), Riad Mahrez (64), Ilkay Gundogon (72) kiritgan gollar bilan javob qaytardi.

Shu tariqa mankunianlar mehmonda kechgan bahsda yirik hisobda galaba qozondi (4:1).

Natijada Pep Gvardiola shogirdlari 98 ochko toplab mavsumni 1-orinda yakunlab, ketma-ket 2-marta (oz tarixida 4-marta) Angliya chempioniga aylandi.

Unai Emeri qol ostidagi Londonning Arsenal jamoasi Byornli mehmoni boldi.

Bellashuvning 52 va 63-daqiqalarida topchilar hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang dublga erishgan bolsa, 65-daqiqaga kelib maydon egalari azosi Eshli Barns hisobni qisqartirdi (2:1). 90-daqiqada esa londonliklar futbolchisi Edvard Nketiya jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa Arsenal safarda Byornlini 3:1 hisobida maglubiyatga uchratdi.

Londonning boshqa bir klubi Chelsi esa Brendon Rojers boshliq Lesterga qarshi maydonga tushdi.

Oyin davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar bir ochkodan bolishib oldi (0:0).

Kelasi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etishdan mosuvo bolgan Manchester Yunayted oz maydonida Kardiff Sitini qabul qildi.

Toqnashuvning 23 (penalti) hamda 54-daqiqalarida mehmonlar yarim himoyachisi Nataniel Mendes-Laing dubl qayd etdi. Natijada Yunayted musobaqaning songgi turida maglub boldi (0:2).

37-turda turda Bornmutga 0:1 hisobidayutqazib qoyganLondonning Tottenhem klubi oz uyida Everton bilan oynadi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq shporlar himoyachisi Erik Dayer hisobni ochgan bolsa, 69-daqiqaga kelib Everton yarim himoyachisi Teo Uolkott Ugo Lyoris darvozasini ishgol qildi (1:1). Oradan 3 daqiqa otib hujumchi Jenk Tosun mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 75-daqiqada esa londonliklar azosi Kristian Eriksen hisobni tenglashtirdi (2:2). Shu tariqa Tottenhem oz uyida Everton bilan durang oynadi.

Yurgen Klopp boshliq Liverpul klubi Enfildda Vulverhempton bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 17 va 81-daqiqalarida mersisaydliklar hujumchisi Sadio Mane dublga erishdi (2:0).

Shu tariqa Liverpul oz maydonida borilarni 2:0 hisobida yutdi va 3 ochkoga ega boldi.

Takidlash joiz, qizillar 97 ochko jamgarib, musobaqa jadvalida 2-orinni egalladi.

38-turdan song musobaqa jadvalidagi holat:

APL

38-tur bahslari

12-may, yakshanba

Gollar: 1:0 27 Marrey, 1:1 28 Aguero, 1:2 38 Lyaport, 1:3 64 Mahrez, 1:4 72 Gundogon

Gollar: 0:1 52 Obameyang, 1:1 65 Barns, 1:2 63 Obameyang, 1:3 90 Nketiya

Gollar: 1:0 Batshuayi, 2:0 32 Batshuayi, 3:0 37, avtogol, Simpson, 3:1 45 Lerma, 3:2 57 Ibe, 4:2 65 Anholt, 4:3 73 King, 5:3 80 Taunsend

Gollar: 0:1 10 Shelvi, 0:2 11 Peres, 0:3 62 Sher, 0:4 90 Rondon

Gollar: 1:0 17 Mane, 2:0 81 Mane

Gollar: 0:1 23, penalti, Mendes-Laing, 0:2 54 Mendes-Laing

Gollar: 1:0 41 Redmond, 1:1 55 Pritchard

Gollar: 1:0 3 Dayer, 1:1 69 Uolkott, 1:2 72 Tosun, 2:2 75 Eriksen

Gollar: 0:1 15 Nobl, 0:2 39 Lansini, 1:2 46 Jerar, 1:3 72 Arnautovich, 1:4 79, penalti, Nobl

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (12-05-2019, 21:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -