» » “Manchester Siti” safarda g‘alaba qozonib, APL yetakchisiga aylandi, “Arsenal” esa yana yutqazdi (video)

“Manchester Siti” safarda g‘alaba qozonib, APL yetakchisiga aylandi, “Arsenal” esa yana yutqazdi (video)


28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 36-turi doirasida 2 ta o‘yin yakunlandi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” jamoasi mehmonda “Lester”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda mezbon jamoa futbolchilari Yuri Tilemans (59), Jeymi Vardi (86, 90) kiritgan gollar “Lester”ning “Arsenal” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. Natija “to‘pchilar” ketma-ket 3-bor mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” 66 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “Lester” hisobida 51 ochko mavjud va “tulkilar” musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Manchester Siti” safarda “Byornli” bilan o‘ynadi.

Bellashuvdagi yagona gol 63-daqiqada “shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero tomonidan kiritildi.

Shu tariqa “mankunianlar” safarda kechgan bahsda “Byornli”ni kichik hisobda mag‘lub etib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi (1:0).

Mazkur o‘yindan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlari 92 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Liverpul”da esa 91 ochko mavjud.

APL

36-tur bahslari

28-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 59 Tilemans, 2:0 — 86 Vardi, 3:0 — 90 Vardi

Gollar: 0:1 — 63 Aguero

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют