» » APL. “Man Yunayted” va “Chelsi” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Lester” esa yutqazib qo‘ydi (video)

APL. “Man Yunayted” va “Chelsi” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Lester” esa yutqazib qo‘ydi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan 11-yanvar, shanba kungi bir nechta o‘yinlar yakunlandi.

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Norvich”ga qarshi bahs olib bordi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 27-daqiqada Markus Reshford Xuan Mataning uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 52-daqiqada angliyalik hujumchi penaltidan unumli foydalanib, o‘zining va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib Antoni Marsial hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 76-daqiqada Meyson Grinvud jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi va o‘yinga mantiqiy nuqta qo‘ydi.

“Chelsi” Londonda “Byornli”ni qabul qildi. Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib maydon egalari penalti ishlab oldi, uni Jorjinyo aniq bajardi. 38-daqiqada Temmi Abraham “ko‘klar”ning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Kallum Hadson-Odoi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lester” esa kutilmaganda safarda “Sauthempton”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Dastlab Dennis Pratning golidan keyin oldinga o‘tib olgan “tulkilar” o‘z darvozalaridan ikkita to‘p olib chiqdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Everton” Risharlisonning yagona goli evaziga “Brayton”dan ustun keldi. “Vulverhempton” esa “Nyukasl” bilan durang qayd etdi.

APL

22-tur bahslari

11-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 — 27 Reshford, 2:0 — 52, penalti Reshford, 3:0 — 54 Marsial, 4:0 — 76 Grinvud.

Gollar: 1:0 — 27, penalti Jorjinyo, 2:0 — 38 Abraham, 3:0 — 49 Hadson-Odoi.

Gollar:1:0 — 14 Prat, 1:1 — 19 Armstrong, 1:2 — 81 Ingz.

Gol: 1:0 — 38 Risharlison.

Gollar: 0:1 — 7 Almiron, 1:1 — 14 Dendonker.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют