» » APL. “Manchester Yunayted” “Brayton”ni mag‘lubiyatga uchratdi

APL. “Manchester Yunayted” “Brayton”ni mag‘lubiyatga uchratdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 12-turi doirasida “Manchester Yunayted” jamoasi 10-noyabr, yakshanba kuni “Brayton”ga qarshi bahs olib bordi.

“Old Trafford”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 17-daqiqada Andrea Perreyra tepgan to‘p mehmonlar futbolchisiga tekkan holda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib esa Deyvi Propper o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 64-daqiqada “Brayton” futbolchilari burchak zarbasidan so‘ng hisobni qisqartirishga erishdi, Lyuis Dank boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi. Biroq maydon egalari bunga Markus Reshfordning goli bilan tezda javob qaytardi.

Shu tariqa mazkur g‘alabadan so‘ng “qizil iblislar” ochkolarini 16 taga yetkazgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi.

APL

12-tur bahslari

10-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 17 Pereyra, 2:0 — 19, avtogol Propper, 2:1—64 Dank, 3:1 — 66 Reshford.

Gollar: 1:0 — 41 Ruben Nevesh, 2:0 — 84 Ximenes, 2:1 — 90 Trezege.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют