» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12 ming nafardan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 10-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan odamlar soni 170 kishiga ko‘payib, 12 027 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

10-iyul kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 166 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Qoraqalpog‘istonda 16 nafar, Navoiy viloyatida 11 nafar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 6 nafardan, jami 243 nafar bemor infeksiyadan tuzalgan. O‘zbekistonda jami 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (62 foiz) sog‘aygan.

4443 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi SSV xabarida.

Avval O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 134 kishiga ko‘paygani va 11 857 nafarni tashkil etgani xabar qilingandi.

Epidemiya boshlanganidan beri kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 54 nafarga yetgan. Vafot etganlarning eng yoshi 28 da (jizzaxlik M.O. ismli ayol), eng keksa yoshlisi esa Toshkentda yashovchi 86 yoshli Z.R. ismli ayol bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют