» » Yaponiya va NASA Oyni birgalikda o‘zlashtirishni kelishib oldi

Yaponiya va NASA Oyni birgalikda o‘zlashtirishni kelishib oldi


NASA va Yaponiya AQShning Oyni zabt etish borasidagi “Artemida” dasturi bo‘yicha hamkorlikda ishlash to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda NASA saytida ma’lum qilingan.

Kelishuvga ko‘ra, Yaponiyaning Oy atrofida stansiya yaratishga (Gateway) va uning yuzasini o‘zlashtirishga hissa qo‘shishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjat bilan AQSh va Yaponiyaning Xalqaro kosmik stansiya borasidagi mavjud hamkorligining uzaytirilishi belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya Gateway’ga 2019-yilning boshida qiziqish bildirgan. Bunga qadar loyihaga Kanada va Yevropa kosmik agentligi qo‘shilgan edi.

“Roskosmos” esa Oy atrofidagi shlyuz modulini yaratishda ishtirok etishni rejalashtirgan va 2017-yilda bu borada muzokaralar ham o‘tkazilgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Rossiya davlat korporatsiyasi va NASA biror-bir kelishuvga erisha olmagan.

NASA 2021-yilda Oyga yuk missiyalarini yuborishni, 2024-yilda esa uning yuzasiga astronavtlarni chiqarishni reja qilgan.

Avvalroq Lockheed Martin 2030-yil 30-sentabrga qadar Artemis dasturi asosida 6 tadan 12 tagacha Orion kosmik kemalarini qurib bitkazishi lozimligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют