» » Rossiya AQShning Oy orbitasida koinot stansiyasi qurish loyihasiga qo‘shildi

Rossiya AQShning Oy orbitasida koinot stansiyasi qurish loyihasiga qo‘shildi


Rossiya NASA agentligining Oy orbitasida istiqomat qilinadigan koinot stansiyasi qurilishini ko‘zda tutuvchi Deep Space Gateway loyihasiga qo‘shiladi. Bu haqda “Roskosmos” rahbari Igor Komarov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

“Biz yangi xalqaro stansiya yaratish bo‘yicha Deep Space Gateway loyihasida ishtirok etish yuzasidan kelishib oldik. Birinchi modullar Oy orbitasiga 2024—2026-yillarda chiqarilishi rejalashtirilmoqda”, — dedi “Roskosmos” rahbari.

Komarovga ko‘ra, Rossiya loyiha doirasida birdan uchtagacha modul yaratish, stansiyaga uchadigan barcha kemalar uchun tutashuv mexanizmi standartlarini ishlab chiqishga chog‘langan. Shuningdek, stansiyaga parvozlar uchun o‘ta og‘ir turkumdagi yangi raketa tashuvchidan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Deep Space Gateway loyihasida Xitoy, Hindiston, Braziliya va JAR ham ishtirok etishi kutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют