» » O‘zbekistonda dam olish kunlari avtotransportlar harakati to‘liq to‘xtatiladi. Fuqarolar o‘z-o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari avtotransportlar harakati to‘liq to‘xtatiladi. Fuqarolar o‘z-o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tadi


Respublika maxsus komissiyasining  qarori bilan aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida O‘zbekistonda navbatdagi karantin cheklovlari joriy etildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda quyidagi karantin cheklovlari kiritildi:

Shuningdek, 2020-yil 18—19-iyul hamda 25—26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mavzuga doir:

Shuningdek, 18—19-iyul hamda 25—26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilindi. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi “qizil” bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют