» » O‘zbekistonda avtomobil harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati yangilandi

O‘zbekistonda avtomobil harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati yangilandi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini yangiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8-aprel kuni respublika maxsus komissiyasi avtomobildan foydalanishga ruxsat talab qilinmaydigan holatlarning yangi ro‘yxatini tasdiqlagan.

Quyidagi avtotransport vositalari harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatidan chiqarilgan:

Maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan transport vositalari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan:

Shuningdek ro‘yxatga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi:

Shuningdek, quyidagi avtotransport vositalarining 50 foizga qisqartirilgan ro‘yxati shakllantiriladi va ichki ishlar organlariga taqdim qilinadi (ushbu avtotransport vositalari tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida harakatlanadi):

Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat bergan. Maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi, avtotransport vositasi karantin oxirigacha jarima maydonchasida qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют