» » Dunyodagi eng kichkina printer yaratildi. Uni 89 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin

Dunyodagi eng kichkina printer yaratildi. Uni 89 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin


Og‘irligi 100 grammdan kamroq, har qanday yuzaga u qadar katta bo‘lmagan yozuvlarni chop etishga qodir Selpic P1 printeri taqdim etildi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Statsionar printerlardan farqli o‘laroq bu marker kabi ishlaydi — uni varaq yoki biror yuza ustiga yurgizish kifoya. Birinchi navbatda, u matnlarni, QR-kodlar yoki kichik o‘lchamdagi suratlarni chop etishda qo‘l keladi.

Ixcham printer tasvirlarni 600 DPI sifatda chop etadi — bu oddiy suratlar yoki kichik matnlar uchun yetarli hisoblanadi. Uning kartrijida olti xil rang mavjud bo‘lib, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu A4 o‘lchamdagi 90 ta varaqqa yetadi. Qurilmani bir marta quvvatlantirish orqali 3 soat tinimsiz ishlatish mumkin.

Selpic P1 printeri Wi-Fi orqali smartfondagi ilovaga ulanadi. Shuningdek, unga biror matn yoki suratni chop etish uchun yuborish mumkin. Shundan so‘ng printerni yoqish va biror yuzaga uni marker kabi yurgizish kerak.

Eng ixcham printer deya e’tirof etilayotgan Selpic P1 Indiegogo kraudfanding maydonchasiga qo‘yilgan. Uni 89 dollar evaziga oldindan buyurtma qilish mumkin. Kartrij narxi qancha bo‘lishi hozicha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda xitoylik kimyogarlar oddiy printer yordamida bir necha marta matn va rangli suratlar chop etish va ularni o‘chirish mumkin bo‘lgan qog‘oz kashf etgan edi.

Mavzuga doir: Moto Z smartfonini printerga aylantirishadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют