» » O‘zbekistonda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi


O‘zbekistonda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi, deya xabar beradi Uzdaily.

Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat xaridlari sohasidagi siyosatning asosiy maqsadi mazkur jarayonning barcha ishtirokchilari uchun qulay muhitni shakllantirish, xaridlarni amalga oshirish chog‘ida korrupsiya va qonunchilikning boshqa buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori texnologiyalar, qulay ekologik sharoitni saqlab qolishga e’tibor qaratiladi. 

Qonun loyihasi xaridor, yetkazib beruvchi va vositachining huquq-majburiyatlariga oydinlik kirituvchi me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Davlat xaridi jarayonini belgilab beradi.

Davlat xaridlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun maxsus axborot portalidan foydalanish ko‘zda tutilgan.  “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют