» » Toshkent shahrida aholi orasida 97 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 12 300 ga yaqinlashdi

Toshkent shahrida aholi orasida 97 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 12 300 ga yaqinlashdi


O‘zbekistonda 2020-yil 12-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 142 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 12997 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Yangi kasallanish holatlarining

12-iyul, kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 129 nafar bemor infeksiyadan tuzalgan.

O‘zbekistonda COVID-19 dan forig‘ bo‘lganlarning umumiy soni 7852 nafarni (60 foiz) tashkil qilmoqda.

“5085 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5085 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bugun jami 484 nafar odamda koronavirus aniqlandi va qatorasiga 5 kundan buyon kasallanganlar soni 400 nafardan ko‘p ekani xabar qilib kelinmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 60 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют