» » Eskirgan va kiyish tavsiya qilinmaydigan 5 yozgi libos

Eskirgan va kiyish tavsiya qilinmaydigan 5 yozgi libos


Moda olamida tendensiyalar va urflar muntazam ravishda yangilanib turadi. Trendlarga befarq bo‘lmagan ayol-qizlar yildan-yilga qulay, erkin harakatlanish mumkin bo‘lgan, ortiqcha bezaklarsiz ham didli ko‘rinadigan liboslar urfga kirayotganini yaxshi biladi. Lekin ko‘pchilik garderobida dolzarb deb o‘ylab olib qo‘yilgan kiyim-kechaklar ham yo‘q emas. Shunday nozik jins vakillari uchun yoz kunlari qanday liboslar kiymaslik kerakligiga to‘xtalib o‘tamiz.

Tirtiq va yirtiqlari bor jinsi shim

Bunday uslubdagi shimlar uzoq vaqt davomida zamonaviy qizlar uchun sevimli liboslardan biri bo‘lganiga qaramay, bugunga kelib tartibli va bel qismi baland bo‘lgan shimlar urfga kirdi. Alternativ sifatida yoz fasli uchun banan shaklini esga soluvchi, oq yoki och rang jinsi shimlarni tanlash tavsiya qilinadi.

Shortik va uzun mayka

Shortik bilan furbolka, mayka bilan esa shim yoki yubka kiyish kerak. Shortik bilan mayka kiyish kishi qomatini to‘rtburchak qilib ko‘rsatib qo‘yadi. Bunday ko‘rinishga ega bo‘lmaslik uchun shortikni bel qismi balandini tanlash va kamar yoki yozgi lentalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu qomatni chiroyli va ixcham, oyoqlarni esa uzun qilib ko‘rsatadi.

Uzun ko‘ylak va poshnali tufli

Maksimal darajada uzun, kamiga gulli printli ko‘ylak kiyib, poshnali tufli kiyish va aksessuar sifatida shlyapa kiyish tavsiya qilinmaydi. Ayollik latofatiga bu qadar ko‘p urg‘u bermaslik kerak. Oddiy didli kiyinish va shlyapa bilan obrazni to‘ldirish, gulli libos bilan esa oq krossovka yoki keta kiyish maslahat beriladi. Nazokatni aks ettirgan yaxshi, lekin me’yorida va kundalik bo‘lmagan obrazlar bilan.

Kalta, keng yupka va top

Avvallari bunday kiyinish va poyabzal sifatida poshnali tufli tanlash, ayollik nafosatini aks ettirish uchun eng dolzarb usullardan biri bo‘lgan, ammo hozir emas. Agar siz latofatli ko‘rinishni istaydiganlardan bo‘lsangiz, gulli yoki xol-xol printli yozgi keng ko‘ylakka e’tiboringizni qaratish, oyoq kiyim sifatida esa qulay va harakatlanish uchun oson bo‘lgan baletka yoki bosonojkalar tavsiya qilinadi.

Kapri va futbolka

Avvallari dolzarb bo‘lgan kaprilarning bugun urfdan qolishiga, bugungi kunga kelib dizaynerlar yopishib turadigan, qomatdagi muammolarni yaqqol ko‘zga tashlanishiga sababchi bo‘ladigan kiyim-kechaklardan qochib, erkin va qulay harakatlanish mumkin bo‘lgan trendlarni ilgari surayotgani sabab. Kapri o‘rniga keng va havo o‘tkazadigan, bel va oyoqlardagi kamchiliklarga e’tibor tortmaydigan kyulotlarni tanlashingiz mumkin. Obrazni oddiy oq futbolka va minimal oyoq kiyim, kechki tadbirlar uchun esa yorqin rangli bluzka va uchli tufli bilan muvaffaqiyatli yakunlash mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют