» » Fotojamlanma: Mashhur ayollarning to‘ydan keyin auksionda sotilgan kelinlik liboslari

Fotojamlanma: Mashhur ayollarning to‘ydan keyin auksionda sotilgan kelinlik liboslari


Mashhur insonlarning to‘y marosimida, kiygan liboslari va ular bilan bog‘liq detallar hamisha jamoatchilik uchun qiziq bo‘lgan.

Malika Diana

Malika Diananing kelinlik libosi er-xotin dizaynerlar Devid va Elizabet Emanuellar tomonidan tikilgan bo‘lib, ular malika bilan rasmiy fotosessiyalardan birida uchrashganidan keyin mashhurlikka erishgan. Suratga olish jarayonida dizaynerlar tomonidan malikaga kiyish uchun taklif qilingan bluzka Dianaga shunchalik yoqqanidan, u nikoh libosi ham aynan ushbu dizaynerlar tomonidan taqdim qilishini istagan. Nikoh marosimi muqaddas Pavel ibodatxonasida o‘tkazilish taxmin qilingani bois, marosimdan avval 8 metr va og‘irligi 59 fut bo‘lgan shlyefda harakatlanishga qiyin bo‘lmasligi uchun repititsiya bo‘lib o‘tgan. Repititsiya uchun bichim va uzunligi kelin ko‘ylaknikidek bo‘lgan, ammo oddiy paxta matosidan tikilgan libosdan foydalanilgan. Libos dizaynining aniqlashtirib olish cho‘zilmagan bo‘lsa-da, uni tikish jarayoni uzoq vaqt davom etgan. Kelinlik libosiga to‘satdan biron nima bo‘lib qolsa, nima qilishni bilmay shoshib qolmaslik uchun bitta modeldagi libosdan ikkita tikilgan. Ikkinchi nusxa kerak bo‘lmagan va marosimdan keyin auksionda 175 ming dollarga sotib yuborilgan. Asl libosning narxi esa bugungi kungacha sir saqlanadi.

Elizabet Teylor

Elizabet birinchi turmush o‘rtog‘i, millioner Konrad Xilton bilan to‘yida kiygan libosi, 2013-yil Londondagi Christie’s auksionida sotuvga qo‘yilgan. 75 ming dollarga sotilishi kutilgan libos, 188 ming dollarga xarid qilingan. Ushbu libos, Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasi tuhfasi bo‘lib, u dizayner Helen Rouz tomonidan tikilgan. Asosi oq atlas matosini tashkil qiladigan, marvarid va munchoqlar bilan bezatilgan libos tayyor bo‘lishi uchun uch oy atrofida vaqt sarflangan.Tul matosidan tikilgan fata, kumush ip va biserlar bilan bezalgan.

Merlin Monro

Beysbolchi Jo Di Madjoga turmushga chiqqan aktrisa, to‘y kuni kiygan libosi bilan barchani hayratga solgan. Gollivud yulduzlari nikoh libosini hammadan ajralib turish va hashamatli bo‘lishi uchun millionlab pul sarflayotgan bir vaqtda, Monro 250 dollarga oddiy kamiga rangi jigarrang bo‘lgan libos kiyishni afzal bilgan. Ushbu tanlovi bilan Merlin, go‘zal va o‘ziga xos bo‘lish uchun katta mablag‘ sarf etish shartmasligini isbotlagan. Aktrisa kiygan libos 1999-yilda 33,5 ming dollarga sotilgan.

Sheron Teyt

Amerikalik aktrisa va model “Qo‘girchoqlar vodiysi” filmidagi ijrosidan keyin “Oltin globus” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan. Aktrisa 1968-yil Londonda rejissor Roman Polanski bilan turmush qurgan va marosim uchun kalta, old qismi yopiq, fil suyagi rangida, marvarid bilan bezatilgan libosni kiyishni ma’qul bilgan. To‘ydan bir yil o‘tib Teyt, homiladorligining 9 oyida Charlz Menson boshchiligidagi jinoiy guruh tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Shundan keyin Los-Anjelesda aktrisa buyumlari va liboslari auksionga qo‘yilgan va uning to‘y libosi 56 ming dollarga sotilgan.

Megan Markl

Megan Markl to‘yida dizayner Stella McCartney tomonidan tikilgan libosni kiyishni afzal bilgan. Mazkur ko‘ylak auksionga qo‘yilmagan bo‘lishiga qaramay, marosimdan keyin Stella, Made with Love nomli ilk kelin liboslari to‘plamini taqdim qilgan. Undan shifon va to‘rdan tikilgan 17 libos hamda smoking va kombinezonlar ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют