» » Malika Diana Jon Travolta bilan raqsga tushganida kiygan mashhur ko‘ylagi karantinda saqlanmoqda

Malika Diana Jon Travolta bilan raqsga tushganida kiygan mashhur ko‘ylagi karantinda saqlanmoqda


Britaniya malikasi Diananing qora baxmal ko‘ylagi, pandemiya vaqtida izolyatsiya xonasida saqlanmoqda. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.

Diana mazkur ko‘ylakda 1985-yil Oq uyda uyushtirilgan ziyofatda ko‘rinish bergan hamda Jon Travolta bilan birga raqsga tushgandi. Ta’kidlanishicha, ko‘ylak Britaniyalik Viktor Edelshteyn tomonidan yaratilgan bo‘lib, dizayner mashhur Oskar de la Rentaga tenglashtirilgan.

Diananing qora baxmal ko‘ylagi, 2019-yilning dekabr oyida auksionga sotish uchun qo‘yilgan. Boshlang‘ich narxi 220 ming funt sterling (2 828 363 359 so‘m) tashkil qilgan libos, pul tikilmagani sabab sotilmagan.

Qirollik liboslari kolleksiyasi kuratori Eleri Linning so‘zlariga qaraganda, libos ayni vaqtda “izolyatsiya xonasi”da saqlanmoqda. Kolleksiyadagi barcha liboslar kuya tushishi hamda libos sifati buzilishini oldini olish maqsadida, vaqti-vaqti bilan muzlatish yoki termik usul bilan ishlov beriladi, deyiladi xabarda.

“Ko‘ylak avvalroq muzlatilgan keyin hech qanday yoriqlar yo‘qligiga amin bo‘lish uchun bir necha haftaga muzdan eritish uchun qoldirilgan”, — deydi Eleri.

Qo‘shimcha qilinishicha, yuqoridagi bosqichlardan keyin libosni odatdagi saqlash uchun tayyorlash kerak bo‘lgan, ammo pandemiya tufayli bu jarayon tugallanmay qolgan. Natijada Diananing mazkur libosi, kolleksiyadagi boshqa namunalardan alohida, karantinda saqlanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют