» » Malika Diananing ukasi TVdan opasi bilan uyushtirilgan ochiq intervyuni ko‘rsatmaslikni so‘radi

Malika Diananing ukasi TVdan opasi bilan uyushtirilgan ochiq intervyuni ko‘rsatmaslikni so‘radi


Marhum Uels malikasi Diananing ukasi Charlz Spenser Channel 4 telekanalidan opasi bilan uyushtirilgan ochiq intervyu videoyozuvini namoyish qilmaslikni so‘radi, deb yozadi “TASS” Sky News telekanaliga tayanib. U bundan jiyanlari Uilyam va Garriga ozor yetishidan xavfsiramoqda.

O‘zining nutq san’ati bo‘yicha repetitori aktyor Piter Settelen tomonidan 1992—1993-yillarda Kensington saroyida videokameraga tushirilgan ochiq intervyu 6-avgust kuni Diana: In Her Own Words teledasturi orqali ko‘rsatilishi kerak edi.

2004-yildayoq bu videoning ma’lum bir parchalari Amerikaning NBC telekompaniyasi tomonidan namoyish etilgan edi, ammo britaniyalik teletomoshabinlar bu yozuv bilan tanish emas.

Diana ushbu videoda Vindzorlar qirollik oilasidagi muammoli munosabatlarning hamma sirini ochib bergan. Xususan, u Uels shahzodasi Charlz bilan o‘zi o‘rtasidagi sovuq munosabatlar, Chalzning unga nisbatan xiyonatiga qirol va qirolichaning beparvoligi haqida gapirib bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют