» » Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Tegishli farmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Hujjatda Sumi Chakrabartining “strategik sheriklik o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdagi” xizmatlari ta’kidlangan.

Bundan tashqari, u “mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilish dasturining samaradorligini oshirishga, shuningdek, respublikada qulay investitsiya muhiti va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlovchi sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surishga” o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shgani ta’kidlanadi.

Suma Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti sifatida 2012-yil iyuldan 2020-yil iyulgacha ishlagan. 2017-yilda bank O‘zbekistonga investitsiyalar yo‘naltirishni qayta tiklagan. Bugungi kunga qadar YeTTB 79 ta loyihada qatnashib, mamlakat iqtisodiyotiga 1,7 milliard yevro sarmoya kiritdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют