» » Vengriya tashqi ishlar vaziri 15—17-iyul kunlari Toshkentga tashrif buyuradi

Vengriya tashqi ishlar vaziri 15—17-iyul kunlari Toshkentga tashrif buyuradi


Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya 2020-yilning 15—17-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vengriya tomoni bilan Toshkent shahrida Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo, Energetika, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida hamda boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya 2020-yilning fevral oyida ham O‘zbekistonga kelgandi. O‘sha tashrif davomida Peter Siyyarto Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandi.

Avvalroq O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют