» » O‘zbekiston Rossiyaning besh shahrida konsullik muassasalarini ochadi

O‘zbekiston Rossiyaning besh shahrida konsullik muassasalarini ochadi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning konsullik muassasalarini Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-Don, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasi realizatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiyada tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Uning ta’kidlashicha, bunday chora TIVga chet elda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlar asosida ko‘rilmoqda. Prezident virtual qabulxonasi ishga tushirilganidan buyon murojaatlar soni 3 mingtani tashkil etdi, shuning uchdan ikki qismi konsullik-huquqiy xarakterdagi masalalarga oiddir. Jumladan, fuqarolar pasportlarni almashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, chet elda yaqinlarining o‘limi sabablarini aniqlash, marhumlarni olib ketish bo‘yicha yordam ko‘rsatish, chet ellarda qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarning xolis taftish etilishiga ko‘maklashish, aliment, nafaqa olishda yordam berish singari masalalarda murojaat qilgan.

Chet elda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida TIV Konsullik yo‘riqnomasining yangi tahririni ishlab chiqdi. Ayni paytda loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Hujjatga binoan, konsul chet elda ma’lum sabablarga ko‘ra moliyaviy imkoniyatlarsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga moddiy yordam berish funksiyasini ham bajaradi. Moddiy yordam olishda notarial tasdiqlangan hujjatga tenglashtirilgan kelishuv imzolanadi. Fuqaro shu yo‘l bilan vataniga qayta oladi, ammo 30 kun ichida olingan summani qaytarishi lozim bo‘ladi.

Javlon Vahobovning so‘zlariga qaraganda, Konsullik yo‘riqnomasi loyihasida konsullik xizmatlari doirasi kengaytirilib, O‘zbekiston fuqarolarining chet elda ovoz berish huquqini amalga oshirishiga ko‘mak berish, odam savdosi qurbonlariga yordam ko‘rsatish, hujjatlarini yo‘qotgan fuqarolarga mamlakatga qaytish bo‘yicha ko‘mak berish singarilar qo‘shilgan. Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, ko‘pchilik konsullik xizmatlari interaktiv shaklda, onlayn rejimda taqdim etiladi.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют