» » Toshkentda O‘zbekiston—Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbekiston—Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi o‘tkazildi


Toshkent shahrida O‘zbekiston—Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kamolova boshchilik qildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo— iqtisodiy, transport— kommunikatsiya, madaniy—gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb masalalar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan yil 24-dekabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv, chegaradosh viloyatlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi ikki tomon hukumat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari, manfaatdor biznes doiralar o‘rtasidagi aloqalar, davlatlararo chegaralarni huquqiy rasmiylashtirish borasida davom etayotgan muzokaralar O‘zbekiston — Qirg‘iziston munosabatlarining yangi dinamikasini namoyon etmoqda.

O‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.

Maslahatlashuvlar doirasida konsullik masalalari va axborot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha guruhlarning uchrashuvlari ham o‘tkazildi.

Muzokaralarda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Doniyor Sidiqov ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют