» » Angliyada yozgi transfer oynasi muddatlari ma’lum bo‘ldi

Angliyada yozgi transfer oynasi muddatlari ma’lum bo‘ldi


Angliya Premyer Ligasi yozgi transferlar oynasi muddatiga oydinlik kiritdi.

Angliyada yozgi transfer oynasi 27-iyuldan 5-oktabrga qadar, o‘n hafta mobaynida ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, mamlakat ichida kelishuv va ijara shartnomalarini rasmiylashtirish uchun 5—11-oktabr kunlari qo‘shimcha transfer oynasi joriy qilinadi. Biroq mazkur vaqt davomida Premyer Liga klublari o‘zaro oldi-sotdi qilolmaydi va faqat quyi liga jamoalari bilan ishlay oladi.

Ta’kidlanishicha, transfer oynasi FIFA tavsiyalariga mos keladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Angliya chempionati bahorda vaqtincha to‘xtatildi. Shu sabab yozgi transfer oynasining odatiy muddatlariga o‘zgarish kiritildi. Aslida Angliyada yozgi transferlar oynasi iyundan avgust oxiriga qadar davom etadi.

Mavuzga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют