» » Bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometr: Nissan’ning birinchi elektrokrossoveri taqdim etildi

Bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometr: Nissan’ning birinchi elektrokrossoveri taqdim etildi


Nissan kompaniyasi o‘zining ilk elektrokrossoverining tovar versiyasini namoyish etdi. Ariya modeli 20 ta yorug‘lik diodga ega yangi logotip, boshqariluvchi markaziy konsol, intellektual shaxsiy yordamchi va e-4orce to‘liq elektr uzatmasiga ega bo‘ldi, deb yozadi Motor.

Nissan Ariya Yevropa bozori uchun beshta versiyada taqdim etiladi. Modifikatsiyasiga qarab elektrokrossoverga 63 yoki 87 kilovatt-soatli, bir yoki ikkita elektromotor o‘rnatiladi. Bir marta quvvatlanish orqali mashinalar 360 dan 500 kilometrgacha yo‘l bosishi mumkin.

Old uzatmali Ariya modeliga 217 yoki 242 ot kuchiga ega, to‘liq uzatmaliga esa — 278 yoki 305 ot kuchiga ega agregat o‘rnatiladi. Elektromotorlarning e-4orce Performance bilan birganlikdagi umumiy quvvati 394 ot kuchiga yetadi. Seriyadagi kichik elektrokar 100 km/soat tezlikka 7,5 soniyada, kattasi esa — 5,1 soniyada eshishadi. Old uzatmali modifikatsiyali elektrokrossoverning maksimal tezligi soatiga 160 kilometrga, to‘liq uzatmaliniki esa — 200 km/soatga teng.

Ariya dizayni 2019-yilda Tokio avtosalonida taqdim etilgan kosept-karning ko‘rinishini takrorlaydi. Seriyali elektrokarga 20 millimetrli mini-projektorlarga ega faralar, trapetsiyali radiator panjarasi va yon tomonlaridagi qirqimlar “meros qolgan”.

Kompaniyadagilar Ariya salonini keng “hashamatli mehmonxona layneri” bilan taqqoslamoqda. Iqlim-nazorat tizimi kapot ostidan — an’anaviy modellarda dvigatel o‘rnatilgan joydan o‘rin olgan. Akkumulyator batareyasi esa asosiy shassiga joylashtirilgani sabab, pol tekkisligicha qolgan. Krossoverning yana bir o‘ziga xos jihati — Zero Gravity o‘rindiqlari. Bundan tashqari, salon ichidan ikkita 12,3 dyuymli ekran o‘rin olgan: birinchisi qurilmalar paneli vazifasini bajarsa, ikkinchisi multimedia tizimini boshqarishga javob beradi.

Yaqin oylarda Nissan kompaniyasi Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan Ariya’ning narxini ma’lum qilishga va’da bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют