» » Nissan o‘zining eng kichkina krossoveri suratlari bilan bo‘lishdi

Nissan o‘zining eng kichkina krossoveri suratlari bilan bo‘lishdi


Nissan kompaniyasi 2020-yilning oxirlari yoki 2021-yilning boshida Hindiston bozorlarida sotuvga chiqadigan eng kichkina krossoveri — Magnite’ning navbatdagi suratlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Motor.

Yangi Nissan krossoveri Datsun redi-Go, Renault Kwid va Renault Triber asosini tashkil etuvchi CMF-A platformasida yaratilgan. Krossover o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan Datsun’ga o‘xshaydi, shu sababli dastlab uni aynan ushbu marka ostida sotishmoqchi bo‘lishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, modelga 72 ot kuchiga ega 3,0 litrli “atmosfera” va 100 ot kuchiga ega 1,0 litr litiyli “turbouchlik” o‘rnatiladi. Dvigatel turiga qarab uzatmalar qutisi ham o‘zgaradi: “mexanika”, “robot” yoki variator.

Hindistonda Nissan Magnite modeli Kicks’dan ko‘ra arzonroq sotuvga chiqadi — 7800 dollar atrofida. Uning asosiy raqobatchilari orasida Maruti Suzuki Vitara Brezza va Hyundai Venue bor.

Nissan kompaniyaning barqarorligi va o‘sishini ta’minlaydigan bir qator chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, kompaniya Nissan yaqin uch yilda yana 12 ta yangi modelini taqdim etadi.

Avvalroq internetda Nissan X-Trail krossoverining saloni suratlari rasmiy taqdimot marosimidan avval tarqalib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Yevropadagi minilgan eng ishonchli krossoverlar reytingi taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют