» » Yangi Nissan X-Trail’ning saloni suratlari taqdim etildi (foto)

Yangi Nissan X-Trail’ning saloni suratlari taqdim etildi (foto)


Internetda Nissan X-Trail krossoverining saloni suratlari rasmiy taqdimot marosimidan avval chop etildi.

Suratlarda yangi X-Trail krossoveri interyeri avvalgi versiyasi bilan solishtirilganida ancha o‘zgarganini ko‘rish mumkin.

Krossover touchscreen’ga ega multimedia kompleksi, raqamli boshqaruv paneli va yangi rul bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, transmissiya selektorining eski versiyasi o‘rniga ko‘zga tashlanmaydigan joystik va harakat rejimlarini tanlash uchun shayba paydo bo‘ldi.

Krossover o‘rindiqlari charm qoplamalar, metal tutqichlar, old panelning ikki rangli dizayniga ega bo‘ladi.

Taxmin qilinishicha, Nissan X-Trail’ning yangi avlodi gabariti va salon kengligi ham avvalgisiga qaraganda kattaroq bo‘ladi.

Krossoverning necha ot kuchiga ega ekanligi va transmissiyalari haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.

Mavzuga doir: Amerikaliklar farzandlariga avtomobil sharafiga ism qo‘ya boshladi: Lexus, Bentley va Nissan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют