» » Amerikaliklar farzandlariga avtomobil sharafiga ism qo‘ya boshladi: Lexus, Bentley va Nissan

Amerikaliklar farzandlariga avtomobil sharafiga ism qo‘ya boshladi: Lexus, Bentley va Nissan


AQSh ma’lumotlarni qayd etish bazasida avtomobil markalari sharafiga nomlangan ko‘plab bolalarning ismlari aniqlandi. Ular orasida eng mashhurlaridan biri — Bentley bo‘lib, qizlarga Lexus yoki Tesla deb ism qo‘yishgan, deb xabar beradi Motor.

Choose My Car portalining ma’lumotlariga ko‘ra, “avtomobil ismlar” modasi 2000-yilda boshlangan. Ta’kidlanishicha, o‘sha yili AQShda 42 388 nafar Bentley, 29 nafardan Nissan va Jaguar, 7 nafar Mercedes, 6 nafar Cadillac va besh nafar Subaru dunyoga kelgan. Gap faqat o‘g‘il bolalar haqida ketmoqda. So‘nggi 20 yil ichida 2910 nafar qizaloqqa Lexus deb ism qo‘yilgan bo‘lsa, 2209 nafariga — Bentley, 1395 nafari Tesla ismini olgan. Shuningdek, ular orasida Audi (133), Aston (55) va Ferrari (23) ham bor. Kam hollarda farzandlariga McLaren (13), Ford (11) va Mini (5) deb ism qo‘yishgan.

Avtomobil nomlarini ism sifatida qo‘yish britaniyaliklarda ham mashhurlikka erishgan. Buyuk Britaniyada o‘tgan davr mobaynida bolalarga Aston (2840 nafar), Bentley (1330), Kia (107 — barchasi o‘g‘il bolalar), Dodge va McLaren (uchtadan) ismlari qo‘yilgan. 1470 nafar qizaloqqa Kia ismi qo‘yilgan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada kamida uchta Triumpf ham istiqomat qilib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют