» » Bentley vegetarianlar uchun avtomobil ishlab chiqaradi

Bentley vegetarianlar uchun avtomobil ishlab chiqaradi


Bentley avtomobil kompaniyasi vegetarianlar uchun saloni “zamburug‘lar va meduza terisidan” tayyorlangan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi TJournal.

Avtomobil salonidagi o‘rindiqlar sirtini qoplashda yangi materiallarni izlash bo‘yicha kompaniya bosh dizayneri Stefan Siyellaff ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bentley avtomobilining hashamatli salonini yaratishda 20 ga yaqin hayvon terisidan foydalaniladi, bu esa g‘arbda tobora ko‘payib borayotgan vegetarianlarga ma’qul kelmaydi.

Siyelaffning ma’lum qilishicha, kompaniya vegetarian mijozlarga ma’qul keluvchi, salonni qoplashda hayvon terilarining o‘rnini bosuvchi boshqa materiallarni qidirmoqda. Dastlab zamburug‘ va meduza “teri”sidan foydalanib ko‘rilishi mumkin.

Alternativ materiallar asosida teri ishlab chiqarish bo‘yicha Mulliner ichki eksklyuziv atelyesi mutaxassislari shug‘ullanadi. Siyelaff vegetarianlar uchun ushbu avtomobil qaysi sanadan boshlab ishlab chiqarilishini aytmadi, biroq “tez orada” deya ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют