» » G‘ildirakli mehmonxona: Xitoy kompaniyasidan haydovchisiz elektromobil konsepti

G‘ildirakli mehmonxona: Xitoy kompaniyasidan haydovchisiz elektromobil konsepti


Xitoyning NIO kompaniyasi navbatdagi EVE nomli “kelajak avtomobili”ni taqdim etdi. Elektr avtomobil mustaqil ravishda hamda haydovchi yordamida harakatlanadi. Yo‘l davomida haydovchiga sun’iy intellektga asoslangan bort yordamchisi hamrohlik qiladi. Avtomobil norasmiy ravishda “g‘ildirakli mehmonxona” deb nomlanmoqda. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Avtomobil saloni ko‘proq birinchi darajali samolyot saloniga o‘xshaydi. Mashinaga oltitagacha yo‘lovchi joylashishi mumkin. Qulaylik uchun avtomobil harakatlanuvchi eshiklar bilan jihozlangan.

Avtomobil o‘rindiqlari divanga aylanadi, yig‘ma stollar va shaxsiy buyumlarni saqlash uchun alohida bo‘linmalar mavjud. Buning barchasi sensorli panel yordamida boshqariladi.

NOMI deb ataluvchi bort yordamchisi avtomobilni va datchiklarni boshqaradi, shuningdek, haydovchining holati haqida xabar berib turadi.

Yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yordamchi yo‘lovchilarning xohishini aniqlab, unga mos ma’lumot berish imkoniyatiga ega. Bunda har qanday katta oyna displey vazifasini bajarishi mumkin. Oynada film namoyish etish yoki yo‘l davomida foydali ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. U hatto tunda yo‘l davomida ko‘rinadigan yulduzlar haqida gapira oladi.

Yulduzlarni nafaqat oynalar orqali, balki panoramali tom orqali ham tomosha qilish mumkin.

Mashable nashrining ta’kidlashicha, EVE ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallanmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют