» » Fotogalereya: Olti g‘ildirakli eng g‘alati avtomobillar

Fotogalereya: Olti g‘ildirakli eng g‘alati avtomobillar


“Motor” nashri olti g‘ildirakli eng g‘alati avtomobillar haqida ma’lumot berdi va ularning suratlarini taqdim qildi.

Tyrrell P34

Tyrrell P34 eng mashhur olti g‘ildirakli mashinalardan biri. Avtomobil “Formula–1” poygasida ikkita to‘liq mavsum o‘tkazib, 1976-yili Shvetsiya Gran-prisida ikki g‘alabani qayd etgan. Shuningdek, P34 “Poyga” filmida ham suratga tushgan.

March 2-4-0

Tyrrell’ning muvaffaqiyatidan ilhom olgan March konstruktorlari “Formula–1”ning 1977-yilgi mavsumi uchun olti g‘ildirakli mashina yasadi. Biroq tezlikka solish qutisida muammolar yuzaga keladi, ularni tezda bartaraf etishning imkoni bo‘lmadi. Ushbu March “Formula–1” trassalarida paydo bo‘lishga ulgurmadi, loyiha esa yopib tashlandi.

Williams FW08B

“Formula–1”dagi olti g‘ildirakli mashinalar doirasidagi so‘nggi tajribani Williams amalga oshirdi. March’dan farqli ravishda FW08B sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ammo 1983-yildan boshlab “Formula–1”da olti g‘ildirakli avtomobillardan foydalanish taqiqlandi.

Pat Clancy Special

1948–1949-yillarda “Indianapolis-500” poygalarida Pat Clancy Special ishtirok etgan. Uning orqa g‘ildiraklari yetaklovchi bo‘lgan. Pat Clancy Special yuqori natijalar qayd etmaga bo‘lsa-da, soatiga 230 kilometrdan tezroq harakatlanardi.

Alfa Romeo T33/6/12

G‘alati tarixga ega bo‘lgan Alfa Romeo. Ushbu avtomobil chidamlilik poygasiga tayyorlanayotgan edi, ammo Silverstoundagi sinovlar vaqtida o‘smirlar mashinani tushlik vaqtida olib qochgan. Mashina tezda topildi, ammo uning dvigatellari o‘g‘irlangandi. Alfa Romeo T33/6/12 irim tufayli trassaga umuman chiqmadi.

Covini C6W

Tyrrell’dan ilhom olgan yana bir mashina – italiyaliklar tomonidan yaratilgan Covini C6W. Dvigatel hajmi 4,2 litrga teng V8 silindrli avtomobil soatiga 300 kilometrgacha tezlikni olishga qodir.

Hispano-Suiza H6A Victoria Town Car

Olti g‘ildirakli avtomobillar Ikkinchi jahon urushidan avval ham bo‘lgan. Masalan, bu mashina Hispano-Suiza kompaniyasi tomonidan Barselonada ishlab chiqarilgan. Avtomobilga Gretsiya qiroli Georg II buyurtma bergan va o‘sha davr uchun juda katta summa – 35 ming dollar turgan.

Tissier Citroen CX

Uzaytirilgan Tissier СX modeli yuklarni tezlik bilan eltib berish uchun yaratilgan. Avtomobildagi qo‘shimcha ikki g‘ildirak tezlikka deyarli ta’sir qilmagan, ammo mashinaning yuk ko‘tarish og‘irligini 1,5 tonnagacha oshirgan. Olti g‘ildirakli СX’ning tez tibbiy yordam xizmati, aeroport va boshqalar uchun mo‘ljallangan varianti ishlab chiqarilgan.

Leotard Renault 5

Tize singari Kristian de Leotard ham mashinaga funksionallik qo‘shish maqsadida qo‘shimcha g‘ildiraklar qo‘shdi, ammo asos sifatida Renault mashinasini tanladi. Leotard Renault 5 turli yo‘l uchastkalarida harakatlana olgan.

Panther 6

Panther 6 modeli 1977-yili ishlab chiqarilgan va o‘rindiqlar ortida joylashgan Cadillac’ning 8,2 litrli dvigateli bilan jihozlangan. Aytishlaricha, ushbu mashina soatiga 300 kilometrgacha tezlikni olishga qodir edi, ammo bu haqda rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Panther 6 atigi 2 nusxada ishlab chiqarilgan.

Mini XXL

Mazkur avtomobil 2004-yili, Afinadagi yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun ishlab chiqarilgan. Mini 6 metrgacha uzaytirilib, olti g‘ildirakli limuzinga aylantirilgan. Mashina ichida mini-bar, televizor va ikki kishi uchun kichik basseyn bor.

Briggs & Stratton Gasoline/Electric Hybrid

Briggs & Stratton kompaniyasi kelajak avtomobillarini shunday tasavvur qilgan. Aytish kerakki, ular adashdi: elektrokar 90 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi, 2-silindrli benzin motori yoqilsa, masofa 320 kilometrgacha yetadi.

Sbarro Function Car

1978-yili namoyish etilgan Sbarro konsepti – bu Cadillac Eldorado asosida ishlangan mobil ofis sanaladi. 3 tonnali mashina 8,2 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Uning bortida to‘rtta katta o‘rindiq, ish stoli, televizor va telefon aloqasi bo‘lgan. Mana shunday “ofis”dan 25 tasini ishlab chiqarish rejalashtirilgandi, ammo loyiha hech kimni qiziqtirmadi.

FAB 1

“Bo‘ronqush” filmida ko‘ringan FAB 1 modeli ko‘rinishidan Ford Thunderbird’ga o‘xshaydi va uzunligi 8 metrni tashkil qiladi.

Nautilus

Kinomatografiyada ko‘rinish bergan yana bir olti g‘ildirakli mashina – Nautilus “Jentelmenlar ligasi” filmida suratga tushgan. Land Rover shassisi asosida yarailgan Nautilus’ning uzunligi 6,7 metr, eni esa 2,7 metrni tashkil qilgan.

Mazda 323 6WD

Mazda 323 asosida Yangi Zelandiyada yaratilgan qo‘lbola avtomobil.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют