» » Fotogalereya: Aeroport uchun mo‘ljallangan o‘t o‘chirish mashinalari

Fotogalereya: Aeroport uchun mo‘ljallangan o‘t o‘chirish mashinalari


Statistikaga ko‘ra, samolyotlar dunyodagi eng xavfsiz transport vositasi hisoblanadi. Ammo ba’zida shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, unda faqatgina o‘t o‘chiruvchi mashinalar yordam bera oladi. “Motor” ana shunday mashinalar haqida ma’lumot berdi.

Birinchi aerodrom avtomobili qachon va kim tomonidan yaratilgani haqida afsuski ma’lumot yo‘q. Biroq 1941-yilda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining aerodromida Marmon-Herrington o‘t o‘chiruvchi mashinasi xizmat qilgani tarixda yozilgan.

1943-yilda Lyuftvaffe harbiy uchish-qo‘nish yo‘lagi xavfsizligini TLF-15/43 sisternali Opel Blitz ta’minlagan. Ko‘rinishdan mashina oddiy o‘t o‘chirish avtomobillaridan deyarli farq qilmaydi. Opel Blitz oq rangi va ko‘pik ishlab chiqaruvchi karbonat angidridli ballonlari bilan ajralib turgan.

Sobiq Ittifoqda aerodromlar uchun maxsus avtomobillar Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan. Birinchi “qaldirg‘och” “ZiS-151” shassisidagi “PMZ-15” bo‘lgan.

“Aerodrom avtomobili” nomini olgan mashina ancha muvaffaqiyatliroq bo‘lgan. AA-60 modeli MAZ-73101 shassisi asosida ishlangan va 1978-yili ishlab chiqarilgan. Purkagich suvni 40 metr, lafetni 70 metr masofagacha otish imkoniga ega bo‘lgan.

1972-yildan 1991-yilgacha Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan olti g‘ildirakli Range Rover halokat oqibatida jarohatlanganlarni tashish uchun mo‘ljallangan.

Striker AQShning o‘t o‘chirish mashinalari yangi avlodining vakili. Avtomobil to‘rt, olti va sakkiz g‘ildirakli variantlarda ishlab chiqariladi. Oshkosh bir daqiqada 10 000 litr suvni purkaydi. Avtomobil ko‘pik tayyorlaydigan elektron tizim bilan ham jihozlangan.

“Titan” oddiy, ishonchli va tezkor bo‘lgani uchun ko‘plab mamlakat aeroportlarida xizmat qiladi. Turli qoplamali yo‘llarda harakatlana oladigan mashina 12 ming litrga teng ikkita bakni o‘zida ko‘tarib yuradi. Shuningdek, o‘t o‘chirish avtomobil 1533 litr ko‘pik ishlab chiqaradi. Cummins QSX dvigateli 665 ot kuchiga ega.

Avstriyaning Rosenbauer o‘t o‘chirish mashinasi butun dunyoda mashhur sanaladi, biroq Yevropa aeroportlarida ko‘proq uchraydi. Mashina “yelkasida” 12,5 ming litr suv va 750 litr ko‘pikni olib yuradi. Maxsus avtomobil soatiga 80 kilometrgacha tezlikni 21 soniyada oladi. Maksimal tezlik soatiga 140 kilometr, dvigatel 1 250 ot kuchiga ega.

Germaniyadagi eng mashhur o‘t o‘chirish mashina – Ziegler “qarindoshi” MAN shassisi asosida ishlangan. Baquvvat avtomobil 12 silindrli 1 000 ot kuchiga teng turbodizel dvigateli bilan jihozlangan. Ziegler 15 tonna suv va 1,5 ming litr ko‘pik tashishga qodir.

KamAZ-65222 shassisi asosida ishlangan AA-9,0-(60-70)-50/3 Rossiyada ishlab chiqarilgan. Mashina ikkita lafetli purkagich, suv isitadigan bak va ko‘pik ishlab chiqaruvchi tizimga ega. Suv bakining hajmi 8,4 ming litr, ko‘piknini – 600 litr.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют