» » InfinBank’ning to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi

InfinBank’ning to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi


InfinBank Qashqadaryo viloyat filialining to‘rt nafar xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralari kuchaytirilishi e’lon qilinganidan buyon InfinBank filiallari, xususan Qashqadaryo viloyat filiali ham 9-iyuldan buyon masofadan turib va onlayn tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazilgan.

Profilaktika doirasida bank filiallarida barcha xodimlar koronavirusga testdan o‘tkazilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyat filialining barcha xodimlari 13-iyul kuni testdan o‘tkazilgan bo‘lib, test natijalari 14-iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Musbat natija 9-iyuldan buyon masofadan turib ishlashga o‘tkazilgan 4 nafar xodimda qayd etilgan va ular o‘sha kuniyoq uy sharoitida to‘liq izolyatsiyaga olingan.

Bu haqda amaldagi epidemiologik protokol talablaridan kelib chiqib SEOA muassasasi xabardor qilingan.

Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan va uyda turib davolanayotgan to‘rt nafar xodimning ahvoli hozir yaxshi, ularning salomatligi tibbiyot xodimlari tomonidan monitoring va nazorat qilib turilibdi. Qashqadaryo viloyat filiali o‘rnatilgan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Shuningdek, bundan buyon ham bank jamoasi va mijozlari salomatligini ta’minlash maqsadida bank va uning filiallarida profilaktika tartibida xodimlarning (ular bank binolari yoki masofada turib ishlayotganidan qat’iy nazar) testdan o‘tkazish tadbirlari davom ettirilishi ta’kidlanagan.

Eslatib o‘tamiz, 23-iyul kuni Toshkentdagi “Asaka bank” va “Ipak yo‘li bank” tuman filiali bir nafar xodimida, 21-iyun kuni “Ipoteka bank”ning Chilonzor tuman filiali xodimida, 8-iyun kuni “Ravnaq bank”ning Shayxontohur filiali xodimida koronavirus aniqlangandi.

Ma’lumot uchun, 16-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq jami 14787 ta holat tasdiqlangan; hozirgacha bemorlarning 8655 nafari sog‘aygan, 72 nafar bemorning vafoti esa rasman tasdiqlangan. Sergeli IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toshev va Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi Adhamjon Dehqonovning o‘limi yuzasidan SSV hali axborot bergani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют