» » Shayxontohurdagi “Ravnaq bank” xodimida koronavirus aniqlandi, bankning boshqa xodimlari tekshirilmoqda

Shayxontohurdagi “Ravnaq bank” xodimida koronavirus aniqlandi, bankning boshqa xodimlari tekshirilmoqda


O‘zbekistonda 8-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yangi aniqlangan, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 52 nafar bemor orasida “Ravnaq bank”ning Shayxontohur filiali xodimi borligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Bank mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8-iyun kuni soat 10:00 da bank xodimida COVID-19 koronavirus infeksiyasi mavjudligi shubha qilingan. Ayni paytda mazkur xodim tibbiy nazorat ostida va bankning boshqa barcha xodimlari ham koronavirus infeksiyasiga tekshirilmoqda.

Qayd etilishicha, tekshiruv natijalari aniqlanmaguncha, bank vaqtincha mijozlarni qabul qilishni to‘xtatadi, ammo o‘z ishini onlayn ravishda davom ettiradi.

Bank ushbu holat uning faoliyatiga ta’sir etmasligiga ishonch bildirgan va tez orada karantin talablariga rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda aholi orasida koronavirusga chalinish bo‘yicha aniqlanayotgan yangi holatlar soni ko‘paymoqda. Xususan, 8-iyunning o‘zida Namanganda aholi orasida 3 kishida kasallik aniqlangan. Bundan tashqari, Navoiy va Toshkentda ham aholi orasida yangi holatlar qayd etilgan.

7-iyun kuni esa Toshkent shahrida 195 kishida, O‘zbekiston bo‘yicha esa 237 kishida koronavirus aniqlandi va pandemiya boshidan buyon mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Mavzuga doir: Qoratoshdagi Mediapark’ning yana ikki xodimida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют