» » Toshkentdagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

Toshkentdagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi


Toshkentda 24-may kuni respublika “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Qayd etilishicha, bank binosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

“Aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari uchrab turganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan, yana bir bor, karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralarini ko‘rishni va sanitariya qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

25-may kuni O‘zbekistondagi ikki bojxonachida koronavirus aniqlanib, kasallanish holatlari soni 3 180 taga yetgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют