» » Kinodagi faoliyatini go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlagan turk aktrisalari (foto)

Kinodagi faoliyatini go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlagan turk aktrisalari (foto)


Nafaqat qiyofasi, balki iste’dodi bilan ham e’tirof etiladigan quyidagi aktrisalarning karyerasi go‘zallik tanlovidan boshlagani ko‘pchilikka noma’lum. Modellikdan kinosanoatiga qadam qo‘yganidan keyin o‘z ustida ishlagan ushbu turk yulduzlari, go‘zallik va mahorat bir insonda mavjud bo‘la olishining isboti hisoblanadi.

Nebahat Chehre

Turkiyada dong‘i ketgan aktrisa faoliyatini 1960-yildagi go‘zallik tanlovida ishtirok etganidan keyin boshlagan va 15 yoshida “Turkiya go‘zali” deb topilgan. Shundan keyin yosh Nebahatga modellik va aktrisalik uchun turli-tuman takliflar kelib tusha boshlaydi. Yarim asrdan ko‘p vaqtdan beri bir qancha serial va kinolarda rol ijro qilgan aktrisa “Muhtasham yuz yil”da volida obrazini ham jonlantirgan.

Aydan Shener

1986-yilda suratga olingan “Choliqushi” serialida Feride obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Aydan ham aktrisalikdan oldin go‘zallik tanlovida ishtirok etgan va 1981-yil “Turkiya go‘zali” deb topilgan.

Hyulya Avshar

“Kosem” serialida Murod III ning onasi Sofiya rolini gavdalantirgan aktrisa, nafaqat chiroyi, balki iste’dodi bilan ham muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan. Arsenalida 60 ga yaqin kartinalar bo‘lgan aktrisa, mamlakatida qo‘shiqchi sifatida ham yaxshi ma’lum va 2000-yilning eng yaxshi qo‘shiqchisi deb topilgan. Bu hali hammasi emas, Hyulya o‘zini rejissorlik, ssenariy muallifi, prodyuser, jurnalist sifatida ham sinab ko‘rgan. Unga qarashli Hyulya jurnali hamda teleshou bor. Ayni vaqtda 57 yoshda bo‘lgan aktrisa ham karyerasini 1983-yildagi go‘zallik tanlovidan keyin boshlagan.

Melisa Asli Pamuk

O‘zbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” serialidagi Asli roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Melisa, 2011-yildagi go‘zallik tanlovida, “Turkiya go‘zali” deb topilgan va shundan keyin kinodan takliflar kelib tusha boshlagan. Aktrisa ayni damda “Yangi hayot” deb nomlangan yangi serialda suratga tushish bilan band.

Hande Erchel

Go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun 19 yashar Hande Ozarbayjonga jo‘nab ketgan va tanlovda ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Shundan keyin uni turli jurnal muqovalari uchun suratga tushishga va kinoga taklif qila boshlashgan. “Choliqushi”da debyut rol ijro qilgan aktrisa “Malikam menga qara” serialidagi roli bilan yaxshi esda qolgan. Ayni vaqtda aktrisa, “Eshigimni taqillat” serialida suratga tushish bilan band.

Jansu Dere

“Muhtasham yuz yil”da Xurram sultonning ashaddiy raqiblaridan bo‘lgan Firuza rolini gavdalantirgan aktrisa, “Sila. Uyga qaytish”, “Ezel”, “Achchiq sevgi” seriallaridagi rollarini ham mahorat bilan ijro qilgan. Jansu ham yuqoridagi hamkasblari singari faoliyatini go‘zallik tanlovidan boshlagan va g‘oliblar uchtaligidan o‘rin olgan. Shundan keyin modellik agentligi va kinodan takliflar kela boshlagan va Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalaridan biriga aylangan. Keyinroq bo‘lsa o‘zini aktrisa sifatida sinab ko‘rishni istaydi va “Kuzgi yong‘in” serialidagi rolidan keyin atrofdagilar tomonidan nafaqat go‘zal, balki iste’dodli, kelajagi bor aktrisa deb ham e’tirof etila boshlaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют