» » Namanganda xonadon egalarini kaltaklab, 100 mln so‘m va 11 ming dollarni o‘margan niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Namanganda xonadon egalarini kaltaklab, 100 mln so‘m va 11 ming dollarni o‘margan niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida niqob taqqan bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bosqinchilik jinoyati qisqa muddatda fosh etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

2020-yilning 7-iyul kuni tumanning “Buramatut” mahallasidagi xonadonga tunda noma’lum shaxslar kirgan. Er-xotin va ularning o‘g‘lining qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, tan jarohati yetkazib, uydan 11 400 AQSh dollari va 100 million so‘m pulni olib chiqib ketgan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tuman ichki ishlar bo‘limi, prokuratura idoralari hamda tuman hokimligi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat ochildi. Uni sodir etganlikda ayblanib, 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Jinoiy guruh a’zolari To‘raqo‘rg‘on tumanining “Oqtosh”, “Dukat” va “Temirqishloq” mahallalarida (ulardan biri ayni paytda Farg‘ona shahrida istiqomat qilib kelgan) hamda Pop tumanida yashovchi fuqarolar bo‘lib chiqdi.

Ayblanuvchilardan birining uyida olib borilgan tintuv natijasida xonadon egalariga tegishli pul va qimmatbaho buyumlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Ayni paytda mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda niqobli bosqinchilar xonadon egalarini kaltaklab, 100 mln so‘m va 11 ming dollarni olib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют