» » Isroilda karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirildi

Isroilda karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirildi


Isroilda koronavirus bilan kasallanish holatlari sonining oshayotgani sababli 17-iyuldan boshlab sport zallari yopildi va restoranlar ishi cheklandi. Bu haqda mamlakat hukumati farmoyishi qabul qilindi, deb yozmoqda Meduza.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari ovqatni faqat olib ketish uchun tayyorlaydi, sport zallari esa faqat professional sportchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Bundan tashqari, binolar ichida 10 nafardan ortiq, ochiq havoda esa 20 nafardan ortiq odam ishtirokidagi yig‘ilishlar taqiqlanadi.

Dam olish kunlarida qo‘shimcha cheklovlar joriy qilinadi: nooziq-ovqat do‘konlari va yirik savdo markazlari yopiladi, plyajlarga borish taqiqlanadi. Shuningdek, dam olish kunlari go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar, muzeylar, ko‘rgazma zallari, suv havzalari yopiladi.

Cheklovlarning qaysi kungacha joriy qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Isroilda koronavirus tarqalishi tezlashayotgani haqida iyun oyida xabar qilingan. Unga qadar mamlakat bosqichma-bosqich ochilayotgandi, rasmiylar va shifokorlar epidemiyani tez yengdi deb hisoblanayotgandi.

Isroil hukumati 25-iyun kuni xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni 1-avgustgacha cho‘zishga qaror qilgan.

Avvalroq Isroil bosh vaziri mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni “favqulodda holat” deb atagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют