» » Italiyada 4-maydan boshlab karantin choralari yengillashtirilishi ma’lum qilindi

Italiyada 4-maydan boshlab karantin choralari yengillashtirilishi ma’lum qilindi


Italiya hukumati 4-maydan boshlab koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklov choralarini yengillashtirishni boshlaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Juzeppe Kontega tayanib, Reuters xabar berdi.

Bir haftadan so‘ng, yana qurilish, ishlab chiqarish va ayrim ulgurji savdo kompaniyalarining qayta ish boshlashiga ruxsat beriladi. Bog‘lar sayr uchun ochiladi. Shuningdek, oilaviy uchrashuvlar va 15 kishidan oshmagan holda dafn marosimlarida ishtirok etish mumkin bo‘ladi, biroq bu holda ham ijtimoiy masofalanishga rioya qilinadi.

18-maydan boshlab chakana savdo do‘konlari, muzeylar va kutubxonalar, iyun oyidan esa — restoranlar, barlar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar ochiladi. Maktablar sentabrgacha, ya’ni keyingi o‘quv yiliga qadar yopiq qoladi.

Italiya koronavirus pandemiyasida eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlardan biri. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 197 mingdan ortiq odam COVID-19 bilan kasallangan, qariyb 26,7 ming odam virus qurboniga aylangan. Italiyada qattiq karantin 10-mart kuni joriy etilgandi.

Avvalroq Italiya hukumati mamlakat chegaralari yil oxirigacha ochilmasligini taxmin qilgan edi.

Mavzuga doir: Italiya moda sanoati vakillari mamlakatda karantin muddati uzaytirilishiga qarshi chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют