» » Gaiti bosh vazirining korteji ikki o‘smirni urib ketdi, ulardan biri halok bo‘ldi

Gaiti bosh vazirining korteji ikki o‘smirni urib ketdi, ulardan biri halok bo‘ldi


Gaiti bosh vaziri Jak Gi Lafontanning korteji 24-aprel, dushanba kuni ikki o‘smirni urib ketdi, ulardan biri kasalxonaga ketishda vafot etdi, deb yozadi “TASS”.

Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Le-Ke shahrida yuz berdi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir bolalar mototsiklda ketayotgandi. Jarohatlangan yigitchani vertolyotda mamlakat poytaxti Port-o-Prensga yetkazishdi.

Halokatga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Hukumat avtomobillari juda yuqori tezlikda harakatlangan bo‘lishi istisno qilinmayapti.

Yo‘l-transport hodisasidan so‘ng kortej to‘xtamadi. Bu mahalliy aholi g‘azabiga sabab bo‘ldi, norozilik belgisi sifatida ular avtomobil shinalarini yoqib yubora boshladi.

Lafontan Gaiti janubi-g‘arbiga u yerda o‘tgan dam olish kunlari sodir bo‘lgan jala oqibatida suv ostida qolgan tumanlarni ko‘rish uchun borgan. Suv toshqinida kamida to‘rt kishi qurbon bo‘lgan.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют