» » XXI asrda eng ko‘p gol urgan futbol klublari reytingi e’lon qilindi

XXI asrda eng ko‘p gol urgan futbol klublari reytingi e’lon qilindi


Transfermarkt portali XXI asrda eng ko‘p gol urgan klublar reytingini tuzdi.

Unga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Barselona” 1-o‘rinni egalladi. Katalon klubi 1193 ta o‘yinda 2730 ta gol urgan. 2-o‘rinni 1162 ta o‘yinda 2633 ta gol bilan Madridning “Real” klubi egalladi. Kuchli uchlikdan esa 2496 ta gol (1060 ta o‘yin) bilan “Bavariya” o‘rin olgan.

XXI asrda eng ko‘p to‘p kiritgan jamoalar o‘nligi quyidagicha:

1. “Barselona” (1193 o‘yin, 2730 gol);

2. “Real” (1162/2633);

3. “Bavariya” (1060/2496);

4. “Arsenal” (1164/2254);

5. “Chelsi” (1156/2227);

6. “Manchester Yunayted” (1169/2226);

7. “Liverpul” (1135/2059);

8. PSJ (1077/2033);

9. “Manchester Siti” (1024/1963);

10. “Lion” (1069/1938).

Mavzuga doir: “Barselona”ning XXI asrdagi eng yaxshi hujumchilari reytingi tuzildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют