» » Obama talabalarga selfi bilan ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi

Obama talabalarga selfi bilan ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi


AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Chikagoda talabalar oldida chiqish qildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Obama chiqishi davomida internet har qanday ma’lumotni, jumladan, aniq bir odam haqidagi ma’lumotni osonlik bilan topish imkonini berishiga e’tibor qaratdi.

“Barchangizga selfilaringiz bilan, nimani suratga olayotganingiz borasida ehtiyotkorroq bo‘lishni maslahat bergan bo‘lardim”, — dedi Obama.

Uning so‘zlariga qaraganda, internet mashhur shaxslar uchun da’vat turlaridan biriga aylangan.

“O‘rta maktabda qilgan ishlarimning barchasining suratlari sizda bo‘lganda, ehtimol hech qachon prezident bo‘lmasdim”, — deya ta’kidlaydi sobiq davlat rahbari.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют