» » Tramp Kongressdan Obama ma’muriyati uning telefonini eshitgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirishni so‘radi

Tramp Kongressdan Obama ma’muriyati uning telefonini eshitgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirishni so‘radi


Donald Tramp Kongressga AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ma’muriyati saylovlardan oldin uning telefonini eshitgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirishni so‘rab, murojaat qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserga ko‘ra, Tramp Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini tekshirayotgan qo‘mitalardan Obama ma’muriyati vakolatlarini oshirib yuborgan yoki yo‘qligini aniqlashni so‘ragan.

Oldinroq Tramp Obama saylovoldi kampaniyasi davomida uning telefonlarini eshitib kelganini bildirgan, Twitter’dagi sahifasida “Prezident Obama telefonlarimni eshitganda qanchalik tuban ketgan… Yomon yigit!” deya noligandi.

O‘z navbatida, Barak Obamaning matbuot kotibi Kevin Lyuis Tramp bayonotlarida ilgari surilgan ayblovlarni rad etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют