» » Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan hokimlarning hisobotlarini tingladi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan hokimlarning hisobotlarini tingladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-iyul, dushanba kuni hududlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishini kamaytirish hamda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Videoselektor yig‘ilishida barcha hududlardagi ahvol, dolzarb chora-tadbirlar muhokama etildi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari kasallik ko‘rsatkichlari, davolanayotganlar soni va bu borada yaratilgan zaxira o‘rinlari bo‘yicha hisobot berdi. Aholi murojaatlari, shoshilinch tibbiy yordam mashinalari, dori-darmon ta’minoti bo‘yicha holat tahlil qilindi.

Yig‘ilishda joylardagi muammolar ochiq muhokama qilindi. Koronavirusga qarshi kurashish uchun qaysi hududga qanday texnika va vositalar kerakligi belgilandi.

Prezident mutasaddilarga vaziyatning haqiqiy holatini real vaqt rejimida nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etib borish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi.

Davolash ishlarini sifatli va xavfsiz tashkil etish, shu bilan birga, aholi va obyektlarni dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlab, kasallik yuqishining oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

Har bir hudud ehtiyojidan kelib chiqib, yetarlicha dori-darmon, tibbiy buyumlar va test tizimlari bilan ta’minlash, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish manbalari belgilandi.

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari va hududlar rahbarlari hisobot berdi.

Shuningdek, videoselektorda hududlar rahbarlari pandemiya sharoitida iqtisodityotni barqaror rivojlantirish, investitsiya jalb qilish va eksport hajmini oshirish borasidagi 6 oylik yakunlari bo‘yicha ham hisobot berdi.

Keskin sur’atlarda davom etayotgan pandemiyaning iqtisodiyotga ko‘rsatayotgan ta’sirini avvaldan baholash va mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, investitsion loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va qurilish sohasidagi prognozlarni bajarish, eksportni ko‘paytirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijalari tahlil qilindi.

Davlat rahbari har bir hududdagi korxonalarda pul tushumlari kamayganini qayd etib, 2020-yil 1-oktabrga qadar tijorat banklari bilan birga qurilish va sanoat korxonalarining aksar qismini, yil yakunigacha esa 100 foiz korxonalarning faoliyatini tiklash bo‘yicha topshiriq berdi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham qator hududlarda iqtisodiy prognozlar bajarilmaganini ko‘rish mumkin. Xususan, Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymati prognozga nisbatan 59 milliard so‘mga kam bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 177 milliard, Sirdaryo viloyatida 173 milliard, Toshkent viloyatida 129 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Shavkat Mirziyoyev har bir hududda takroriy ekin maydonlari hisobiga sabzavot va poliz mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi qoloqliklarni qoplash, aholi xonadonlariga parranda tarqatish ishlarini jadallashtirish hamda chorvachilik, baliqchilik sohasida intensiv texnologiyalarni keng qo‘llash hamda yil yakuniga qadar hududlar salohiyatini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni 3-4 foizga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni erta tongdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda Toshkent shahri va viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev mazkur yig‘ilishda O‘zbekistonda hozir koronavirusga qarshi kurashdan muhimroq xarajatlar bo‘lishi mumkin emasligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari talabalar yotoqxonalari va yopiq sport maydonlarini koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun moslashtirish, kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma berdi.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingan, u Nukus shahridagi klinikada davolanmoqda. Musa Yerniyazov koronavirusdan davolanayotgani haqidagi dastlabki gap-so‘zlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgan, biroq koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Nukusdagi shtab, Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jo‘qorg‘i Kengesi iyul oyining boshida ushbu xabarlarni inkor etgan. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 18-iyul kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan hamda xorijlik va mahalliy mutaxassislar va olimlar ishtirokida Musa Yerniyazovning ahvoli tahlil qilingan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham koronavirus bilan kasallangan, viloyat rahbari Toshkent shahrida davolanmoqda. Qayd etish kerakki, Surxondaryo hokimining koronavirusga chalingani ham bir necha kun yashirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют