» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatida koronavirus bemorlari va qurbonlari ko‘payayotgani sababli yig‘ilish o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatida koronavirus bemorlari va qurbonlari ko‘payayotgani sababli yig‘ilish o‘tkazmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda. Yig‘ilishda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilish o‘tkazilishiga keyingi paytda ushbu hududlarda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini va o‘lim holatlarining ko‘payishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, aholi tomonidan tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifati hamda dorixonalarda tibbiyot mahsulotlari narxining asossiz oshayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaat va shikoyatlar tushayotgani sababli yig‘ilish tashkil qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 14-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, 10 234 nafar bemor va kasallikning 41 nafar qurboni qayd etilgan. 15-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 71 nafar, soat 17:30 holatiga ko‘ra, 60 nafar yangi bemor qayd etildi. 15-iyul kuni Toshkent shahri va viloyatida ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют